Uglevodlar
Uglevodlar (shakarlar, glisidlar) — oqsillar va yog’lar bilan bir qatorda odam, jonivorlar va o’simliklar organizmi hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan keng tarqalgan organik birikmalar guruhi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan energiya manbalaridan biri. Xossalariga ko’ra, oksialdegidlar va oksiketonlarga yaqin turadi. Uglevodlar asosiy qismining umumiy formulasi CnH2nOn yoki Sp(N2O) p bo’lib, monosaxaridlardan glyukoza (fruktoza) S6N|2O6 yoki disaxaridlardan saxaroza S12N22OM ularga misol bo’la oladi. O’simliklar qattiq moddasi massasining 80% ga yaqini, jonivorlar quruq massasining 20% ga yaqini Uglevodlarga to’g’ri keladi. O’simliklar Uglevodlarni anorganik moddalar — karbonat angidrid (SO2) bilan suvdan sintez qiladi. Tirik organizmda Uglevodlar biologik jarayonlarda energiya manbai, organizm uchun boshqa oraliq yoki oxirgi metabolitlar sintezida xom ashyo rolini uynaydi. Hozirgi tarkibida uglerod, vodorod va kisloroddan tashkari azot, oltingugurt yoki fosfor bulgan birikmalar ham Uglevodlar qatoriga kiritiladi. Uglevodlar 2 katta guruhga: monosaxaridlar va polisaxaridlarga bo’linadi. Polisaxaridlar esa shakarsimon (oligopolisaxaridlar) — disaxaridlar (biozalar), trisaxaridlar, tetrasaxaridlar va noshakarsimon polisaxaridlardan iborat. Ular oddiy Uglevodlar (monosaxaridlar yoki monozalar) va murakkab Uglevodlar (polisaxaridlar yoki poliozalar) deb ham ataladi. Mono va oligosaxaridlar — molekulyr modda uncha yuqori bo’lmagan suvda yaxshi eriydigan moddalar. Noshakarsimon Uglevodlarning molekulyr modda yuqori, eritmalari faqat kolloid holida mavjud bo’ladi. Noshakarsimon Uglevodlar (kraxmal, hujayra) katta miqdordagi monozalar molekulasidan tuzilgan. Monozalar tuzilishi qator reaktsiyalar yordamida aniqlangan, glyukoza vodorod yodid HI bilan qaytarilganda 2 yodgeksan hosil qilishi, yengil sharoitlarda glyukoza oksidlanganda glyukon kislotaga aylanishi, asillanganda va alkillanganda 5 ta gidroksil guruhi mavjud bo’lishi inobatga olinadi. Fruktozada glyukozadagi aldegid guruhi o’rnida ketoza guruhi bo’ladi. Oddiy Uglevodlarga taallukli monosaxaridlar suvda yaxshi eriydigan optik faol kristall moddalar bulib, aksariyati shirin. Qaytaruvchilik xossasiga ega. Ko’p atomli aldegid va ketonospirtlar (ko’pincha ichki tsiklik yarimasetal shaklda) hisoblanadi. Bularga mansub oligosaxaridlar esa glikozid bogi bilan bog’langan 2-10 monosaxariddan iborat. Disaxaridlarga kiradigan saxaroza, tregaloza, laktoza tabiatda keng tarqalgan. Oligosaxaridlarning ko’p sonli glikozidlari (fiziologik faol moddalar) tibbiyotda qo’llanadi. Polisaxaridlar chiziqsimon yoki tarmoqlangan yuqori molekulali birikmalar bo’lib, ular molekulalari glikozid bogi bilan bog’langan monosaxaridlardan tashkil topgan. Ular zaxira holdagi Uglevodlar — kraxmal, inulin, glikogen, gemisellyulozalardir. Uglevodlar ma’lum o’simliklardagina ko’p tuplanadi. Masalan, lavlagida saxaroza, qo’ziqorinlarda mannit, kartoshkada kraxmal, paxtada tsellyuloza ko’p buladi. Uglevodlar organik kislotalar, ko’p atomli Fenollar, oshlovchi moddalar, antosianlar, aminokislotalar, yog’lar, oqsil va boshqalarga aylanadi. Uglevodlar hayvonlar organizmi quruq massasining 2% ini tashkil etadi. Uglevodlarning 1 g 4,1 kkal energiya berib, asosan, usimliklardan olinadi. Bunday energiya anaerob, ya’ni glikoliz va aerob yo’l bilan hayvon organizmida sarflanadi. Nafas olishda taxminan 30 baravar ko’p energiya ajraladi. Glikoliz jarayonida hosil bo’lgan sut kislotaning bir qismi oksidlanadi, qolgan qismi esa energiya ajralishi hisobiga glikogenga sintezlanadi. Uglevodlardan organizm uchun zarur bo’lgan glyukoza, fruktoza, askorbin kislota, antibiotiklar, yurak glikozidlari va boshqalar olinadi. Uglevodlar sanoat va xalq xo’jaligi, farmatsevtika va tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalar uchun ham muhim xom ashyo manbaidir. Bijgish mahsulotlari, o’nlab xil kislotalar, doridarmonlar, to’qimachilik sanoatining asosiy xom ashyolari — tsellyuloza, qog’oz, tolalar, plastmassalar ham Uglevodlardan foydalanib tayyorlanadi. Portlovchi moddalar, kinotasmalar, pergament, gummiarabik va boshqalar ham shular jumlasiga kiradi.