Uilkins Moris Xyu Frederik

Uilkins Moris Xyu Frederik (1916.15.12, Pongaroa, Yangi Zelandiya) — ingliz biofizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1959). Birmingem universiteti falsafa Doktori (1940). AQSh Kaliforniya universitetida (1941-45), London Kingz kollejida (1946 yildan) ishlagan. Shu kollej molekulyar biologiya bo’limi boshlig’i (1962 yildan) va biofizika professor (1970 yildan). DNK molekulasining qo’sh spirally ekanligi to’g’risidagi F.Krik va J. Uotson modelini rentgenstrukturaviy usuli yordamida tasdiqlagan. Foto va termolyuminessentsiya (elektron tuzoq) nazariyasini ishlab chiqqan. Nerv sistemasi biofizikasi bo’yicha ham tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1962, F. Krik va J. Uotson bilan hamkorlikda).