Ung’uz

Ung’uz — Amudaryo vodiysidan Markaziy Qoraqumning shimoliy chekkasi bo’ylab shimoli g’arbga cho’zilgan soylik. Uzunligi 470 kilometr, eni 1-4 kilometr. Shimoldan balandligi 60-80 kilometr li Ung’uzorti Qoraqumlari, Janubdan esa uncha baland bo’lmagan qumli qator tepalardan iborat yon bag’irlik bilan o’rab olingan. Tubi notekis, uzunligi 15 kilometrcha, eni 1-4 kilometr keladigan sho’rxok va taqirlar bilan qoplangan, zanjirsimon cho’zilgan botiqchalardan iborat. Botiqchalarni birbiridan bir oz ko’tarilgan qumloq tog’ jinslari yoki shamol keltirib yotqizgan qumli to’siqlar ajratgan. Ung’uz Amudaryoning qad. o’zani karstsuffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan degan fikrlar mavjud. To’g’rirog’i Ung’uz tektonik harakatlar natijasida kelib chiqib, keyinroq uning shakllanishida erozion, karstsuffozion va eol jarayonlar qatnashgan.