Universaliyalar

Universaliyalar (lotincha universalis — umumiy) — o’rta asrlar falsafasidagi termin, umumiy tushunchalar (yoki g’oyalar)ni bildiradi. O’rta asrlarda Universaliyalar tabiati to’g’risidagi baxslarda 3 ta asosiy yo’nalish — nominalizm, Realizm, kontseptualizm paydo bo’ldi. Nominalizmga ko’ra, faqat alohida narsalargina Real mavjud, umumiy tushunchalar — Universaliyalar esa inson tafakkuri bilan yaratilgan nomlar, belgilar yoki atamalardan boshqa narsa emas (I. Rosselin, Ioann Dune Skot, U. Okkam va boshqalar). Realizmga ko’ra, Universaliyalar Real ma’naviy mohiyatdan iborat bo’lib, narsalarning substantsiyasi hisoblanadi (Anselm Kenterberilik, Foma Akvinskiy va boshqalar). Kontseptualizmga ko’ra, Universaliyalar narsalarning o’xshashligiga asoslangan holda umumlashtirishdan iboratdir (P. Abelyar, Ioann Solsberiyskiy va boshqalar). Hozirgi zamon fanlarining ko’pgina abstrakt tushunchalarini Universaliyalar siz tushuntirib bo’lmaidi. Masalan, kompleks sonlar, irratsional qiymatlar, elementar zarralar tarkibini o’rganishda qo’llaniladigan abstrakt tushunchalar, kasr sonli zaryadli kvarklar, ekstensiv va intensiv cheksizliklar, kombinatorlar, matematik mantiqning timsollari Universaliyalarning bugungi kunda namoyon bo’lishidir.