Uran
Uran (lotincha Uranium), U — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element, aktinoidlarp kiradi. Tartib raqami 92; atom molekulasi 238,029. Tabiiy Uran 3 ta radioaktiv izotop: 238U yoki UI (99,2739%), 235U yoki aktinouran AcU (0,7024%) va 234U yoki UII (0,0057%) dan iborat. Uranning massa soni 226 dan 242 gacha bo’lgan 16 ta sun’iy radioaktiv izotoplaridan eng uzoq mavjud bo’ladigani 233U (Tl/2= 1,62105 y.) dir; u toriyni neytron nurlatish yo’li bilan olinadi. 238U va 235U radioaktiv qatorlarning 1-a’zosi. Uranni dastlab 1789 yilda nemis kimyogari M.G.Klaprot Bogemiyaning Uranli rudasi tarkibida kashf etdi va uran planetasi deb atadi. 1841 yilda frantsuz kimyogari E.M.Peligo Uran xloridni vodorod bilan qaytarib sof Uran olishga muvaffaq bo’ldi. Uran — kulrang tusli metall. Uning 3 ta allotropik modifikasiyasi ma’lum: aU, (3U, yU. Uranning suyuqlanish tempeaturasi 1132°, qaynash temperaturasi 3818°, zichligi 19,120 g/sm3. Uran inert gazlardan tashqari deyarli hamma elementlar bilan reaktsiyaga kirishadi, metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5, 6 valentli. Uranning 6 va qisman 4 valentli birikmalari deyarli barqaror. Uran havoda sust oksidlanadi. 150°da oksidlanish jarayoni tezlashadi. Uran (1U)OK- Sid UO2 asos, u. (U1)oksid UO, amfoter xossalarga ega. UO3 suvda eritilganda diuranat (H2U2O7) va uranat (H2UO4) kislotalar hosil bo’ladi. UO3 ishqorlar bilan metall uranatlar hosil qiladi. Uran ftor bilan odatdagi trada, boshka galogenlar bilan esa faqat qizdirilganda birikadi. UO3 ning o’zi uranil nitratni qizdirib, UO2 esa UO3 ni vodorod bilan qaytarib olinadi. UO2 ni metal holdagi Uran bilan qizdirib, uran (P)oksid UO, UO2 ga vodorod peroksid ta’sir ettirib, uran peroksid UO42H2O hosil qilinadi. Uran rudalarini boyitishda Gidrometallurgiya usullari qo’llanadi. Ko’pincha Uran rudasiga ko’p miqdorda sulfat yoki nitrat kislota yoxud ularning aralashmasidan qo’shib, Uranni eritmaga o’tkaziladi. Eritmaga aminlar va alkilfosfatlar qo’shib, u. ekstraktsiya yoki ion almashtirish yo’li bilan yot jinslardan ajratib boyitiladi. So’ngra boyitilgan eritmalardan ammoniy diuranat (NH4),U2O7 yoki natriy diuranat Na2U2O7 yoxud uran (IV)gidroksid U(OH)4 holida cho’ktiriladi. Bu cho’kmalar Uran birikmalarini hosil qilishda dastlabki modda sifatida ishlatiladi. Uran yadro reaktorlarida asosiy yoqilg’i sifatida qo’llanadi. Uran tuzlari fotografiyada, analitik kimyoda, shisha tayyorlashda (shishani sariqyashil tusli qilishda) va yuqori traga chidamli sirlar uchun bo’yagich modda sifatida ishlatiladi. Odam, hayvon va o’simlik to’qimalarida juda oz (10″s—10″8%) miqdorda, o’simlik kulida 1,510~5%, ba’zi bir qo’ziqorin va suvo’tlarda ko’proq Uran bo’ladi. Uran odam va hayvon organizmiga — oshqozonga suv va ovqatdan, nafasga havodan va teri orqali kiradi. Uran qonda uzoq vaqt aylanmaydi. Odam va hayvon organizmida Uran miqdori 10″7 g dan oshmaydi. Uran hayvon va o’simlikning normal hayot faoliyati uchun zarur element qisoblanadi, lekin uning fiziologik funktsiyasi yaxshi aniqlanmagan. Uranni qazib olishda va ishlov berishda undan zaharlanish mumkin. Uran organizmga kirganida barcha organ va to’qimalarga ta’sir etadi. Zaharlanshdan saqlanish uchun germetik qurilmalardan foydalanish, havo va suvni toza tutish, ishchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazib turish va gigiena qoidalariga rioya qilish kerak. Ad.: Axmetov N.S., Obtshaya i neorga- nicheskaya ximiya, M., 1998; Parpiev N.A., Rahimov H.R., Muftahov A.G’.,Anorganik kimyo, T., 2003.