Urug’shunoslik

Urug’shunoslik urug’lar to’g’risidagi fan, urug’chilikning nazariy asosi; agronomiyaning bir bo’limi. Ekinlar urug’larining tuzilishi va rivojlanishini, urug’lik materialni baholash va uni nazoratdan o’tkazish usullarini ham ishlab chiqadi. Yovvoyi flora urug’larini o’rganadigan botanik Urug’shunoslik (karpologiya) va madaniy flora va unga yo’ldosh bo’lgan begona o’tlar Urug’shunoslikgi yoki agronomik Urug’shunoslikga bo’linadi. Urug’shunoslik botanika, biokimyo, genetika va boshqa fanlar bilan bog’liq. Urug’shunoslik bo’yicha yaratilgan birinchi muhim asar nemis botanigi F. Nobbening 1876 yilda e’lon qilingan kitobi hisoblanadi. O’rta Osiyoda Urug’shunoslik Toshkentda Turkiston selektsiya stansiyasi tashkil etilgan vaqtdan (1922) boshlab rivojlana boshladi. Urug’shunoslik va urug’chilik nazorati ishi birinchi marta shu muassasada mustaqil fan sifatida rivojlandi. A.I. Avtonomov, M.M. Bushuyev, G.S. Zaytsev, F.M. Mauer, I.A. Ro- dimtsev, X. Raximov, S. Muhammadjonov, R. Rudenko va boshqalar. Urug’shunoslik fani rivojiga katta hissa qo’shdilar. Urug’shunoslik urug’lik ekin maydonlarida aprobatsiya o’tkazish, urug’larni saralash, zararkunandalardan saqlash, urug’lik sifatini aniqlash, unuvchanlik qobiliyatini oshirish va boshqalarni o’rganadi. Urug’shunoslikning asosiy yo’nalishlari: urug’larning hrsildorlik sifatlarini, ularning biologiyasini o’rganish, urug’likni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish. Ad.: Yigitaliev M., Muhammadjonov S, dala ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi, T., 1981.