Usul al-fiqh
Usul al-fiqh (Arabcha — fiqh asoslari, ildizlari) — Islom shariatida asosiy manba hisoblangan Qur’on, Sunna, ijmo va IESni o’rganadigan ilm. Shu 4 manba barcha Islom maktablari tomonidan e’tirof qilingan bo’lsada, so’nggi 2 manbaning ahamiyati va imkoniyatini turli mazhab namoyandalari turlicha tushuntiradilar. Ayrim faqixlar huquqiy masalalarni oqilona bir tizimga solish va shaxsiy fikr (ray) asosida hal etishga intilsa, boshqalari barcha fiqh me’yorlarini pirovard natijada Xudoning vahiysi deb hisoblaydilar. Usul al-fiqhning rivojlanishi Muhammad ibn Idris Shori’iy nomi bilan bog’liq. U «Kitob alumm» to’plamiga kirgan «ar-Risola» asarida fiqhshunoslik asoslarini bayon etdi. Usul al-fiqhga ko’ra, Qur’on va sunna fiqhning asosiy manbaidir, chunki ular aniq fe’l-atvor qoidalarini o’z ichiga oladi yoki ularni ilohiy vahiylardan anglab olishning oqilona usullarini ko’zda tutadi. Ijmo 3manba hisoblanib, u Qur’on va sunnada hal etib berilmagan masalalar yuzasidan mujtahidlarning yakdil fikri deb tushuniladigan bulgan. Qur’on va sunnada aniq javob berilmagan savollarni o’xshashligiga qarab hal etish usuli — qiyos fiqhning 4 manbai deb e’tirof qilinadi. Bundan tashqari, Usul al-fiqh huquqiy yechimlarni izlashning boshqa oqilona usullaridan qo’shimcha fiqh manbalari sifatida foydalanishga yo’l qo’yadi. Qiyos kabi ular ham manba va ijtihodga kiritilgan aniqlik deb hisoblanadi.