Uturgurlar

Uturgurlar — ilk o’rta asr turkiy qabilalaridan biri. Sharqiy Yevropaga ko’chib o’tgan gunnlarning bir qismi 5-asrning 2-yarmidan utigur yoki uturgur deb atalgan. Bu davrda ular Azov dengizining Sharqiy qismida ko’chib yurishgan. Ularning boshlig’i — mashhur Sandilx bo’lgan. Vizantiya Uturgurlarni ularga qardosh quturgurlarga qarshi gijgijlagan va natijada ular o’rtasida kurash uzoq vaqt davom etib o’zaro qirilib ketishga olib kelgan. 560 yil Uturgurlar avarlar tomonidan bo’ysundirilgan. 570 yillarda ular Turk xoqonligiga qaram bo’lishgan. 630 yillarda Uturgurlar va Azov dengizi bo’yida yashagan boshqa turkiy qabilalarning avlodi Kubratxon boshchiligida bulg’or podsholigiga asos solingan. Ad.: Artamono v M . I., Istoriya Xazar, L., 1962.