Uvek, ukek

Uvek, ukek — Oltin O’rdanpsh asosiy shaharlaridan biri. 14-asr boshida bu yerda tangalar zarb etilgan. 14-asr oxiriga qadar mavjud bo’lgan. Uvek xarobalari (Saratov yaqinidagi Uvek temir yo’l stansiyasi yaqinida) 19-asrning oxiri va 20-asrning boshida tadqiq etilgan. Turar joylar, xumdonlar, musulmonlar qabristoni aniqlangan. 1913 yil A.A. Krotkov badavlat ayol dafn etilgan maqbarani (14-asr) ochib o’rgangan. Binolar pishiq va xom g’ishtdan qurilgan. Shahar xarobasidan suv va don saqlash uchun mo’ljallangan xumlar, sirlangan va sirsiz sopol idishlar, toshdan yasalgan idishlarning parchalari, koshin parchalari, quvurlar, Oltin O’rdaning kumush va mis tangalari, jez ma’budchalar, xochlar topilgan.