Uzatmalar qutisi
Uzatmalar qutisi o’ziyurar mashinalar (masalan, traktorlar) transmissiyasida birlamchi va ikkilamchi vallar uzatish nisbatinm o’zgartirish uchun mo’ljallangan ko’p zvenoli mexanizm. Bu o’zgartirish alohida yoki boshqa mexanizmlar bilan umumiy korpusda joylashgan tishli uzatmalarni almashlab ulash natijasida amalga oshiriladi. Yetakchi valning aylanish chastotasi o’zgarmagani holda yetaklanuvchi valning aylanish chastotasini o’zgartiradigan Uzatmalar qutisiga tezliklar qutisi (masalan, metal kesish stanoklarining asosiy yuritmalarida), metall kesish stanoklarida surishlarni o’zgartiruvchi Uzatmalar qutisi surishlar qutisi deyiladi. Uzatmalar qutisinki yo’nuv dvigatelli avtomobillar va boshqa transport vositalarining yetakchi g’ildiraklarini harakatlantirishda keng ishlatiladi. Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi uning vazifasiga, uzatishlarni almashlab ulash usuliga va mashina yoki stanokning texnik tafsilotiga; uzatilayotgan quvvatga, tezkorlikka, uzatish soniga (48 gacha), rostlanish diapazoniga bog’liq. Tezlashtiruvchi uzatmalar uchun uzatish nisbati, odatda, kamida 1/2 ga teng bo’ladi, sekinlashtiruvchi uzatmalar uchun esa 4 dan oshmaydi, 2 val orasidagi uzatmalar soni 6-8 ga teng bo’ladi. Uzatishlarni almashlab ulash usuliga qarab sirpanuvchi tishli blokli (kulachokli va tishli muftali); sinxronizatori bo’lgan tishli muftali, friktsion muftali va tormozli, erkin yurish muftali Uzatmalar qutisi farqlanadi.