Uzilma
Uzilma — tektonik harakatlar natijasida tof jinslari bloklarining birbiriga nisbatan tik yoki qiya yuzada uzilib siljishi. Uzilmada osma yonidagi tog’jinslari uzilib pastga siljiydi, ostki yon bag’ir jinslari esa tepaga ko’tariladi. Uzilma ko’pincha magmaning yer yuzasiga chiqishi hamda vulkanlar jarayoni natijasida paydo bo’lishi hamda ularning fizik va mexanik xossalari tektonik jarayonlarda Uzilmalarni hosil bo’lishini taqozo qiladi. Uzilma aksari, graben va gorstlarni vujudga keltiradi. Uzilma amplitudasi riftlarda bir necha km ga etadi. Ular yer po’stining turli strukturaviy zonalarida (quruqlik va okeanlar) uchraydi.