Uzoqov Obloqul
Uzoqov Obloqul (1922.10.4 Samarqand viloyati Urgut shahri — 1955.26.7) — 2-jahon urushi qahramoni, gvardiyachi serjant. 16-gvardiyachi Chernigov otliq askarlar diviziyasi, 62-polk, 1-eskadron vzvodining bo’lim komandiri. Dnepr daryosini kechib o’tishda (1943 yil 28 sentabr) ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1944 yil 15 yanvar). Urushdan so’ng xalq xo’jaligining turli sohalarida mas’ul vazifalarda ishlagan. Farg’ona viloyati, Dang’ara shahar tipidagi shaharcha ko’chalaridan biri va Urgut shahridagi maktab uning nomi bilan ataladi, tug’ilgan qishlog’i Qoratepada haykali o’rnatilgan.