Vagn, fagn, bagn
Vagn, fagn, bagn — «Avesto»da ibodatxona nomi. 10-13-asrlardagi ko’pgina tarixchilarning asarlarida So’g’ddagi ko’pgina qishloqlar atamasi tarkibiga «fagn» («bagn», «vagn») qo’shimchasi ham kirganligi qayd etilgan. Masalan, Miyonbagn (Vobkentda), Vanufag(n) (Buxoro atrofidagi Tavovis yaqinida), Astavagn va Hurbagp (G’ijduvonda), Rustfagn va Krasvagn (Samarqand atrofida), xushufagn (Kattaqo’rg’on va Samarqand atroflaridagi ikki qishloq), Kukshibagn (Urgut yaqinida) va boshqalar. «Xushufagn» ning ma’nosi «olti ibodatxona» dir. Ibodatxona rahbari — (kohini) «vagnpat» deb atalgan, bu atama Mug’qal’asi hujjatlarida ham uchraydi.