Vahdati vujud
Vahdati vujud (Arabcha – jismoniy birlik) — abadiy yagona Allohgina bor deb hisoblovchi panteistik ta’limot. Bu ta’limotga ko’ra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shulasidir. Vahdati vujud namoyandalari (Ibn Arabiy, Muhammad G’azoliy va boshqalar) Xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar. Vahdati vujud ayniqsa 17-19-asrlarda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng tarqalishiga sabab bo’ldi.