Vakuumda qoliplash

Vakuumda qoliplash – plastmassa listlaridan 10 kPa vakuumda buyumlar qoliplab olish usuli. Bunda qalinligi 2 mm gacha bo’lgan termoplast polimerlar asosidagi materiallar qolipga mahkamlanib, yumshaguncha qizdiriladi, so’ngra list material bilan qolip sirti orasidagi bo’shliqda vacuum hosil qilib qoliplanadi. Ancha chuqur tortiladigan buyumlar pozitiv usulda (bunda material Pu-Anson-qolipning qabariq sirtida qoliplanadi), sayoz tortiladigan buyumlar negativ usulda (bunda material, matrisa-qolipning chuqurchasiga tortilib qoliplanadi) amalga oshiriladi. Vakuumda qoliplash samolyot kabinalari, sovitkich detallari, turli idishlar va boshqalar tayyorlashda qo’llaniladi.