Vakuumda quyish

Vakuumda quyish – rangli metallar qotishmasi, asosan, nikel, titan va boshqalarning olovbardosh qotishmalaridan 40-0,3 Pa vakuumda quymalar olish. Bunday usulda olingan quymalarning zichligi va sifati yuqori bo’ladi. Vakuumda quyish bilan shakldor quymalar olishning turli usullari qo’llaniladi. Erigan metall ustida joylashgan metallni qolipga vakuumda so’rish va uni atmosfera yoki yuqori bosim ostida kristallash, metallostatik bosimdan foydalanib vakuumda so’rish (bunda qolip erigan metall ostida joylashadi), markazdan qochma vakuumda quyish shular jumlasidandir. Vakuumda quyish Vakuumda eritish bilan birga olib boriladi.