Val
Val (nemischa Walre) — bo’ylama o’qi bo’yicha burovchi moment uzatuvchi va aylanuvchi detallarni tutib turuvchi mashina detali. Barcha mexanizm va mashinalarning asosiy detali hisoblanadi. Ba’zi Vallar (masalan, kardan, elastik, torsion) aylanuvchi detallarni tutib turmaydi. Oddiy to’gri Vallar aylanuvchi jism shakliga ega buladi. Vazifasiga ko’ra, Vallar tishli g’ildirak, shkiv, yulduzchalar o’rnatilgan uzatish Vallariga; konstruktsiyasiga ko’ra to’g’ri, tirsakli, elastik, o’zak va b.ga bo’linadi. Vallar yaxlit, ichi kovak hamda shlisali qilib yasaladi, uglerodli va legirlangan po’latdan, duralyuminiy qotishmasi hamda yuqori sifatli cho’yanlardan tayyorlanadi.