Val tizimi

Val tizimi (mashinasozlikda) — asosiy detali valdan iborat bo’lgan tu- tashuvchi silliq mashina detallari (masalan, val va g’ildirak) uchun o’tqazish (valni g’ildirakka o’tqazish) tizimi; tutashuvchi detallarning berilgan nominal o’lchamida valning chegaraviy o’lchamlari barcha o’tqazishlar uchun o’zgarmas bo’lib qolishi bilan ifodalanadi. Tutashuvchi detallardan biridagi teshiklarning chegaraviy o’lchamlarini o’zgartirib Val tizimida turlicha o’tqazishlarni amalga oshirish mumkin. Valga qo’shimcha ishlov bermay (masalan, kalibrlangan materialdan tayyorlangan val) undan foydalanish mumkin bo’lgan birikmalarda, shuningdek bitta silliq valga turli o’tqazishlarga ega bo’lgan bir necha detalni (masalan, ichki yonuv dvigateyaida porshen barmog’ining shatun va porshen bilan tutashuvi) o’rnatishda Val tizimini qo’llash maqsadga muvofiq.