Validol

Validol (Validolum) — Markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan va tomirlarni mo’tadil refleks yo’li bilan kengaytiradigan dori. Mentolnit izovalerian kislota mentil efiridagi 25— 30% li eritmasi. Stenokardiya, nevroz, isteriya va boshqa kasalliklarda 4— 5 tomchisini bir chaqmoq qandga tomizib, til ostiga qo’yiladi va to erib ketgunicha shimiladi. Tabletka va kapsula holida ham ishlatiladi. Spirtdagi 5-10% li eritmasi va 10% li surtmasi terining qichishini koldirish uchun surtiladi.