Valyadolid

Valyadolid — Ispaniyadagi shahar, Valyadolid provintsiyasining ma’muriy markazi. Pisuerga daryosi va Kastiliya kanali bo’iida. Aholisi 344 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Muhim temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Avtomobilsozlik va traktorsozlikning yirik markazi. Alyuminiy, to’qimachilik, kimyo, keramika sanoati rivojlangan. Teri qayta ishlanadi, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Universitet (1346 yildan) bor. Valyadolid 10-asrdan ma’lum. Kastiliya qirollarining sobiqrezidentsiyasi. Me’moriy yodgorliklardan Santamariya la Antigua (11-14-asrlar), San-Pablo (15-asr) Cherkovlari saqlangan.