Valyuta interventsiyasi
Valyuta interventsiyasi -mamlakat Markaziy bankining valyuta bozoriga va valyuta kursita chet el valyutasining katta summasini sotib olish yo’li bilan aralashuvi. Mamlakat o’z valyutasi kursini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bank va xazina o’z ixtiyoridagi chet el valyutasini sotib, milliy valyutani xarid qiladi; o’z valyutasi kursini pasaytirmoqchi bulsa, chet el valyutasini ko’p miqdorda sotib oladi, milliy valyutani esa sotadi. Valyuta interventsiyasi davlat manfaatlari yo’lida chet el valyutasi kursini tartibga solish maqsadlarini ko’zlaydi. Valyuta interventsiyasi Bretton-Vuds tizimi (1944-78) amal qilgan davrda valyutalarning qat’iy belgilangan kurslarini ushlab turishga xizmat qilgan (interventsiyani o’tkazishda AQSh tomoni boshqa davlatlarga dollar kursini ushlab turish yuzasidan majburiyat qo’ygan). Yamayka bitimi (1978)ga ko’ra, sirg’aluchan valyuta kurslariga o’tilgach, AQSh dollarining rezerv valyuta sifatidagi roli pasayib, Valyuta interventsiyasida dollar bilan bir qatorda Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, G’arbiy Yevropa davlatlari valyutalari ham qo’llanila boshladi. Valyuta interventsiyasi asosan valyuta kurslarining qisqa vaqt oralig’ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida o’tkaziladigan bo’ldi.