VALYUTA KURSI

VALYUTA KURSI – muayyan mamlakat pul birligining boshqa bir mamlakat pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursining ikki turi mavjud: 1. Qat’iy qayd etilgan. 2. O’zgarib turadigan. Qat’iy qayd etilgan valyuta kursi – valyuta bozorlari va valyuta kursini aniqlash ishida davlatning aralashuviga asoslanadi. O’zgarib turadigan valyuta kursi esa, butunlay valyuta bozoridagi u yoki bu valyutaga bo’Igan erkin talab va taklifga asoslanadi.