Vaqtincha sug’orish shoxobchasi
Vaqtincha sug’orish shoxobchasi — tuproq sho’rini yuvish, yaxob berish va ekinlarni sug’orish maqsadida ochiladigan muvaqqat ariq. Vaqtincha sug’orish shoxobchasi suvni suv taqsimlagichdan sug’oriladigan dalagacha yetkazib beradi. U kech kuzda, qishda, erta ko’klamda Pol olgich va ariq qazigich mashinalari yordamida ochiladi. Dala nishabi va tuproq sharoitiga qarab, Vaqtincha sug’orish shoxobchasi turli uzunlikda olinadi, sho’r yuvilgandan, yaxob berilgandan keyin, shuningdek hosilni yig’ish oldidan ko’mib yuboriladi.