Varna

Varna— Bolgariya sharqidagi shahar, Varna viloyatining ma’muriy markazi. Mamlakatning qora dengiz bo’yidagi yirik porti. Bolgariya eksport va importining qariyb yarmi Varna orqali o’tadi. Xalqaro aeroport bor. Varna mamlakatning turli tumanlari, boshqa shaharlari bilan temir yo’l va avtomobil yo’llari orqali bog’langan. Aholisi 316 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Varna mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat va ip gazlama sanoati markazi. Kemasozlik, kema remonti korxonalari bor. Varna va uning atrofi mashhur kurort joy. Dengizdan baliq ovlanadi. Shaharda soha institutlari, turli ilmiy tadqiqot institutlari, muzeylar, opera va drama teatri bor. Qadimgi yodgorliklar saqlangan. Shahar miloddan avvalgi 6-asrda rimliklarning Odessos koloniyasi sifatida vujudga kelgan, 7-asrdan Varna deb atalgan.