Vashington (Washington) Jorj
Vashington (Washington) Jorj (1732.22.2, Brijs-Krik shahri, Virginiya shtati—1799.14.12, Maunt Vernoy) — AQShning 1-prezidenti (1789-97), Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun urush paytida (1775-83) kolonistlar armiyasining bosh qo’mondoni (bu armiya ingliz mustamlakachiligiga barham berib, uning jangovar harakatlari AQSh mustaqilligining e’lon qilinishiga olib keldi). AQSh Konstitutsiyasini ishlab chiqish bo’yicha Konvent raisi (1787). Vashington Yevropa davlatlari o’rtasidagi raqobatchilik munosabatla rida AQShning betarafligini saqlashga harakat qilgan. Nomzodini 3-marta Prezidentlikka qo’yishdan bosh tortgan.