Vaskulit
Vaskulit (lotincha vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yallig’lanishi. Kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi Vaskulit farq qilinadi. Ikkilamchi Vaskulitga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va boshqalar), sistemali (revmatizm, sistemali qizil yuguruk va boshqalar), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va hokazolar) kasalliklar sabab bo’ladi. Vaskulitga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yallig’langanda xuruj qilib turadi), qon quyilishi, toshmalar toshishi, kasallangan tomir sohasidagi terining jonsizlanishi xos. Tomirlarda tromblar (trombovaskulit), nevrozlar va anevrizma paydo bo’lishi mumkin. Davo Vaskulitga sabab bo’lgan asosiy kasallikni bartaraf etishdan iborat.