Vasl
Vasl (Arabcha — birikish, yetishish) (adabiyotda) — aruz tizimida undosh tovush bilan tugagan so’z oxiridagi undoshning, vazn taqozosiga ko’ra, o’zidan keyin keluvchi so’z boshidagi unli bilan yangi metrik bo’g’in hosil yetishi. Masalan, Alisher Navoiyning hazaj bahrida yozilgan quyidagi she’riy misralarida: Falak ham mehrin oqshom aylamas fosh,/ V— — V — — — V — — Bo’lur zohir / chu anjumdin to’kar yosh / v__ _V — — — v — — 1 2 3 «mehrin» so’zining birinchi bo’g’ini — «meh» 1-ruknga, ikkinchi bo’g’ini — «rin» 2-ruknga qarashli. Ikkinchi ruknning birinchi bo’g’ini vaznga ko’ra qisqa (v) bo’lishi lozim, biroq bu o’rindagi «rin» bo’g’ini cho’ziqdir (—), lekin shu bo’g’indagi «n» undosh tovushi o’zidan keyin kelayotgan so’z (oqshom) unli («o») tovush bilan boshlanayotganligi sababli, shu unliga biriktirib, qo’shib talaffuz etiladi, natijada «rin» yopiq bo’g’ini «ri» ochiq bo’g’iniga, ya’ni qisqa bo’g’inga (v) aylanadi. Vasl nutqiy hodisa bo’lib, she’r ritmini ancha silliqlaydi.