Vassof, Abdulloh ibn Fazlulloh Sheroziy
Vassof, Abdulloh ibn Fazlulloh Sheroziy (13-asr 2-yarmi — 14-asr 1-choragi) — tarixchi, Vassof al-Hazrat — «Oliy hazratlarining vasf qiluvchisi» laqabi bilan shuhrat qozongan. Erondagi Hulokuiylar davlatining moliya devonida xizmat qilgan. 1328 yil «Tajziat al- amsor va tazjiyat al-a’sor» («viloyatlarning bo’linishi va asrlarning o’tishi») nomli tarixiy asarini yozib tugatgan. U «tarixi Vassof» («Vassof tarixi») nomi bilan mashhur bo’lib, 5 qismdan iborat. 1257 yildan 1328 yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan. Asar Eron tarixi uchun qimmatli manba hisoblanadi.