Vatan

Vatan — kechki shaftoli navi. R. R. Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida A. S Cherevatenko tomonidan mahalliy shaftoli naachari (Ro’g’oni gov x sariq nektarin) ni chatishtirib chiqarilgan. O’zidan changlanadi. Daraxti o’rtacha o’sadi. Shox-shabbasi baquvvat. Guli ikki jinsli. Mevasi yirik (130-150 gra,,), dumaloq, eti och-sariq, mevalari meva bandida mahkam o’rnashgan, deyarli to’kilmaydi. Po’sti tukli. Eti danagidan yaxshi ajralmaydi. Danagi o’rtacha kattalikda. Ko’chati ekilgandan keyin 3-yildan hosil qiladi. 10-12 -yil yaxshi hosil beradi. Sug’orilganda mevasi yiriklashadi. Sovuqqa va kasalliklarga chidami o’rtacha. Mart o’rtalarida gullaydi. Mevasi sentabr oxirida pishadi. O’zbekistonning hamma viloyatlari uchun tavsiya etilgan.