«Vatan»

«Vatan» — «O’zbekkino» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi» tasarrufidagi kinostudiya. 1990 yilda «O’zbekfilm»dan mustaqil kinostudiya sifatida ajralib chiqqan. Toshkent shahrida joylashgan. Asosiy faoliyati — filmlar, videofilmlar ishlab chiqarish va ijaraga berishdir; shuningdek, filmlar reklamasi bilan ham shug’ullanadi. Tashkil qilinganidan buyon 10 ga yaqin to’lametrajli va qisqametrajli filmlarni tayyorladi: «Tangalik bolalar» (rejissyor T. Yunusov), «Abdullajon» (rej. Z. Musoqov), «yarim tundagi blyus» (rejissyor R. Malikov, M. Rahmatov), «Birinchi bo’sa» (rejissyor B. Odilov), «qirq quloq sirlari» (rejissyor R. Malikov), «Oltin devor» (rejissyor R. Muhammadjonov). «Qarib quyulmagan chol» (rejissyor M. Abzalov), «Sho’rpeshonalar» (rejissyor J. Qosimov), «Qiyomat kun» (rejissyor D. Abdullayev) va boshqalar. Studiyaning badiiy rahbari — Melis Abzalov.