Vaxtang I Gorgasar

Vaxtang I Gorgasar (?-502) – Iberiya (Kartli) podshosi. Davlat hokimiyatini markazlashtirish uchun kurashgan. Uning davrida Tbilisi shahri qayta qurilib, poytaxt Mtsxeti shahridan Tbilisiga ko’chirilgan. Kartlining mustaqilligi uchun Eron bosqinchilariga qarshi kurashda shuxrat qozongan. 484 yil gruzin va armanlarning sosoniylarga qarshi qo’zg’oloniga rahbarlik qilgan. Arman va gruzin mulkdorlarining xoinligi qo’zg’olon taqdirini hal etgan. Forslar Vaxtangga bo’ri rasmi tushirilgan bosh kiyim kiyib yurgani uchun Gorgasar — «bo’ri boshi» deb laqab qo’yishgan. Forslar bilan bo’lgan jangda o’ldirilgan. Gruzin xalqi Vaxtang sharafiga qo’shiq va she’rlar yaratgan.