Vaxtang VI

Vaxtang VI (1675-1737, Astraxon) — Kartli noibi, so’ngra podshosi (1703— 24). Gruzin yozuvchisi, olim va siyosiy arbob. Vaxtang VI «qonunlar to’plami»(Vaxtang qonunlari) degan to’plam,davlatni boshqarish uchun ko’rsatmalar va yo’llanmalar to’plami (dasturulamal) tuzgan. 1709 yilda Vaxtang VI tashabbusi bilan Tbilisida 1-gruzin bosmaxonasi tashkil qilingan, Gruziyaning 14-18-asrlardagi tarixini yaratish uchun olimlardan iborat guruh tuzgan. 1724 yil eronliklar tomonidan taxtdan ag’darilgan. Rossiyada muhojirlikda yashagan.