Va’z, xitobat
Va’z, xitobat — Islomda asosan yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi da’vat. Va’z ibrat mazmunida ham ishlatiladi. Va’z aytuvchilar, bu borada mutaxassis bo’lgan shaxslar «Voiz» deb yuritiladi. Islomdagi ilk voizlardan biri Hasan al-Basriy bo’lgan. U garchi Arab bo’lmasa-da, Arab nutqining mashhur ustozlariga aylangan. Odamlarning yuziga qarab fikrini, kayfiyatini sezib olar va buni Va’z vaqtida nazardan qochirmasdi. Islomda tajovuzkorlikka da’vat etib, yomonlikni tashviqot qiluvchi chaqiriqlar Va’z hisoblanmaydi.