Veber apparati

Veber apparati (nemis olimi E. G. Veber nomi bilan atalgan) — ayrim suyakli baliqlarda suzgich pufagini ichki quloq bilan bog’lab turadigan, o’zaro harakatchan tutashgan 4 juft suyakchalar. Veber apparati suzgich pufagi (tovush rezonatori) hajmining o’zgarishini qabul qilib, uni transformasiya qiladi va ichki quloqqa o’tkazadi. Veber apparatiga ega bo’lgan karpsimonlar, Laqqalar, xarasinsimonlar 13 kgs gacha, bu apparatga ega bo’lmagan baliqlar faqat 2,5 kgs gacha chastotali tovushlarni eshita oladi.