Vegetatsion sug’orish
Vegetatsion sug’orish – o’suv davrida tuproqda optimal namlik yaratish uchun ekinlarga suv quyib turish. Bu davrdagi suv berish soni va muddatlari tuprokdagi namlik zahirasi, o’simlikning rivojlanish fazasi, sug’orish maqsadlariga bog’liq. Ekinni undirib olish, o’g’itlashdan keyingi (o’g’itni eritish maqsadlaridagi), sovuq urishdan saqlash uchun sug’orishlar ham Vegetatsion sug’orishga kiradi.