Veksler Vladimir Iosifovich

Veksler Vladimir Iosifovich (1907.19.2, Jitomir – 1966.22.9, Moskva) — rus fizigi, akademik (1958). Zaryadlangan zarralarni tezlatish fizikasi va texnikasi bo’yicha ilmiy maktab asoschisi. U kosmik nurlar tarkibida elektron-yadro jalalari borligini aniqlagan (1937), elektronlar tezlatgichi — mikrotron loyihasini (1944), keyinroq avtofazalash printsipini tavsiya qilgan. Veksler rahbarligida Dubna shahrida sinxrotron (1947) va 10 milliard ev ga mo’ljallangan proton tezlatgichi — sinxrofazotron (1957) ishga tushirildi.