Velosiped-kran
Velosiped-kran — yuqni ko’tarish va qisqa masofaga tashish uchun mo’ljallangan mashina. Bir izli releda yuradi . Ikki yoki to’rt o’qli aravacha, tirak 2 va tirak atrofida aylanuvchi strela 3 dan iborat. Yuqori qismidagi rolik 4 lari shipga o’rnatilgan balka 5 larga tayanadi. Velosiped-kran bilan 10 tonnagacha yukni ko’tarish va tashish mumkin. Velosiped-kran yuk strelasining qulochi 3-7 metr; elektr toki bilan ishlaydi. Asosan ishlab chiqarish tsexlarida va yopiq omborlarda ishlatiladi.