Vend, vend sistemasi, vend majmui
Vend, vend sistemasi, vend majmui (qadimgi slavyan qabilalari — vendlar, venedlar nomidan) — proterozoyga bevosita quyi kembriy sistemasidan oldingi eng yuqori stratigrafik bo’limi. Vend tog’jinslari majmui va ular hosil bo’lgan vaqt intervalini (570-680 million yil muqaddam) anglatadi. Paleozoologik va paleogeografik jihatdan Vend rifey va kembriydan aniq ajralib tursa ham umuman fanerozoyga yaqinroq. Vend 1950 yilda B. S. Sokolov tomonidan ajratilgan, barcha qit’alarda topilgan. Vend qatlamlari neft va gazga istiqbolli.