Ventil fotoelementi
Ventil fotoelementi – yorug’lik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan yarimo’tkazgich asbob. Ishi fotoeffekt hodisasiga asoslangan. 1953 yil kremniy (Si) monokristallidan f.i. k. 6% bo’lgan Ventil fotoelementi olindi, keyinchalik f. i. k. 15% gacha yetkazildi. F. i. k. 1% gacha bo’lgan oddiy Ventil fotoelementi asosan avtomatikada qo’llaniladi. Kremniy Ventil fotoelementi sun’iy yo’ldosh va kosmik kemalar bortiga ham o’rnatiladi, o’lchov asboblarini elektr energiyasi bilan ta’minlab turadi.