Verakrus

Verakrus— Meksika sharqidagi shahar, Verakrus shtatida. Meksika qo’ltig’i sohilidagi port. Aholisi 439 ming kishi (1990). Transport tuguni. Savdo markazi. Mamlakatga chetdan keltirilgan yuklarning deyarli hammasi Verakrus porti orqali o’tadi. Verakrus orqali chetga kofe, tamaki, teri mahsulotlari chiqariladi. Metallurgiya, qismlardan avtomobil yig’ish, tamaki, kemasozlik, ip gazlama, alyuminiy, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Neft, neft kimyosi va choksiz quvurlar zavodlari, shahar yaqinida Tes bor. Verakrusga 1519 yilda asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan San-Xuan de Ulua qal’asi (1528— 17-asr), Ayuntamento ratushasi (1627 yildan qurila boshlangan), 18-asr cherkovi saqlangan. Dengiz kurorti; turizm rivojlangan.