Verbal nota

Verbal nota (lotincha verbalis — og’zaki) — diplomatik hujjat, kundalik masalalarga doir diplomatik yozishmalarning keng tarqalgan shakli; odatda, elchixoia, missiya, tashqi ishlar Mahkamasi nomidan 3-shaxsda yoziladi, imzo qo’yilmaydi, faqat muhr bosiladi. Diplomatik tajribada Verbal notadan og’zaki bayonot sifatida ham foydalaniladi. U shaxsan topshiriladi yoki kuryer orqali yuboriladi.