Vibratsion burg’ilash

Vibratsion burg’ilash, titrama burg’ilash — quduqlarni burg’ilash usullaridan biri. Ishi vibratorning burg’ilash asbobini titrama (tebranma) harakatlantirishiga asoslanadi. Vibratsion burg’ilashda elektr-mexanik vibrator burg’ilash quvurlarining yuqori uchiga, gidravlik vibratorlar iskana ustiga, ya’ni quduqning ichiga o’rnatiladi.