Vichegda

Vichegda — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoldagi Daryo, shimoliy Dvinaning o’ng irmog’i. Uzunligi 1130 kilometr. Havzasining maydoni 121 km2. Timan qirlarining Janub chekkasidan boshlanadi. Vichegdaning yuqori qismida ostonalar bor. Quyi qismida botqoqli ko’lmaklar hosil bo’lgan. Qor va yomg’irdan suv oladi. O’rtacha suv sarfi 116 m3/sek. Yog’och oqiziladi. Noyabr boshlarida muzlab, aprel oxirlarida muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqdari: shimoliy Keltma, Sisola, Vishera, Vimoliy Voldino pristanigacha (938 kilometr) kema qatnaydi. Vichegda bo’yida Siktivkar, Solvichegodsk, Kotlas (quyilish yerida) shaharlari joylashgan.