Vin

Vin — Vetnam Markaziy qismidagi shahar, Ngetin provintsiyasining ma’muriy markazi. Shimoldan Janubga boruvchi magistral temir yo’l yoqasida. Aholisi 154 ming kishi. Mamlakatning sanoat-energetika va transport markazi. Mexanika ustaxonalari, yog’ochsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Vinga dengiz porti — Bentxyuy tutashib ketgan. Shahar yaqinida Vetnam prezidenti xo Shi Min (1890-1969) tug’ilgan.