Viniplast

Viniplast – polivinilxlorid (PVX) va perxlorvinil smola asosida plastifikator qo’shilmagan holda olinadigan hamda termik va yorug’lik tablizatorlari, antioksidantlar (qayta ishlash va foydalanishda material buzilishining oldini oluvchi), moylash moddalari (ishlov berilish va qayta ishlanishini yengillashtiruvchi), pigment va termoplastik bo’yoqlarga ega bo’lgan qattiq shaffof plastik massa. Viniplast hidsiz va yonmaydigan material, unga oson mexanik ishlov beriladi, 230-2500C da yengil payvandlanadi, yaxshi yelimlanadi, +20 dan -80C gacha bo’lgan harorat oraliqlarida ekspluatatsiya qilinganda yaxshi dielektrik material sifatida xizmat qiladi. Qurilish va kimyo sanoatida quvurlar, o’tkazgichlar, sig’imlar, listlar, profillar tayyorlashda keng qo’llaniladi.