Vintsimon harakat

Vintsimon harakat – qattiq jismning muayyan tezlik 0 dagi to’g’ri chiziqli ilgarilama harakati hamda o’sha tezlikka parallel AA, o’q atrofida o burchak tezlik bilan aylanma harakati yipshdisidan tashkil topgan murakkab harakati AA, o’qning yo’nalishi o’zgarishsiz qolganda Vintsimon harakat qiluvchi jismni mexanikada vint (burama), AA, o’qni esa vint o’qi deyiladi. Jismning shu vint o’qida yotgan istalgan nuqtasi vint bir marta to’liq aylanganda o’tadigan ma- sofasini vint qadami A, kattalik R=D/sh ni vint parametri deyiladi. y) vektorning uchi tomonidan qaraganda jism harakati soat mili harakati yo’nalishiga teskari bo’lsa, $ va sh vektorlar bir tomonga yo’nalgan holda vintni o’naqay vint, turli tomonga yo’nalgan holda esa chapaqay vint deyiladi. R ko’rsatkich doimiy bo’lganda, vint qadami h=2nd/a> ham doimiy bo’ladi. Qattiq jismning har qanday murakkab harakatini umumiy holda elementar yoki oniy Vintsimon harakatlardan tashkil topgan deb hisoblash mumkin. Vintsimon harakat vintli konveyer, vintli nasos va boshqa vintli qurilmalarda amalga oshadi.