Viski
Viski (inglizcha whisky — obi hayot) — o’tkir alkogolli ichimlik (hajmga ko’ra spirt miqdori 40-50%). Asosan Angliya va AQShda tarqalgan. Viski don xom ashyosidan tayyorlangan suslo (atala)ni achitib, so’ngra haydash yo’li bilan olinadi. Yetilgan Viskiga distillangan suv va tozalangan spirt, ayrim hollarda vino, xushbo’y moddalar ekstraktlari qo’shiladi.