Vismut, sof vismut

Vismut, sof vismut — mineral. Asosan sof tug’ma metall — Bi dan iborat. Trigonal singoniyali. Vismut mayda donachalar, zanjirsimon, varaqasimon kristallar. Kumushsimon oq, kulrang va sarg’ish. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 2,5. Sof og’irligi 9,8. Asosan gidrotermal eritmalardan hosil bo’ladi. Pegmatit, skarn, greyzen, yuqori haroratli gidrotermal konlarda kassiterit, volframit, molibdenit, sheelit, qo’rg’oshin, rux, mis, temir sulfidlari, shuningdek kobalt va nikel arsenadlari, sof kumushli rudalar bilan birga hosil bo’ladi. Vismut O’zbekistonda Qo’shbuloq, Chodak, Ustarasoy, Burchmulla, Langar, Ingichka, Yaxton, Choshtepa, Qo’ytosh konlarida uchraydi.