Vitgig reaktsiyasi

Vitgig reaktsiyasi – aldegidlar yoki ketonlarga fosfor ilidlari (alkilidenfosforanlar) ta’sir ettirib olefinlar olish. G. Vittig kashf etgan (1954). Bu reaktsiya uchun, odatda, yangi tayyorlangan ilidlardan foydalaniladi. Ularni trifenilalkilfosfoniyga litiyorganik birikmalar yoki geksaalkil-triamidoalkilfosfoniyga ishqorlar ta’sir ettirish usuli bilan olinadi. Vitgig reaktsiyasi nozik organik sintezda, masalan, boshlang’ich birikmadagidan bir atom uglerodi ko’p bo’lgan aldegidlar, shuningdek, polienlar, geterosiklik birikmalar olishda keng qo’llaniladi.