Vittixenit

Vittixenit (Germaniyadagi Vittixen joy nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi CUjBiSj. Rombik singoniyali. Mayda halqasimon va plastinkasimon va shakleiz agregatlar. Rangi to’qkulrang, qo’rg’oshinsimon. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 2-3. Sof og’irligi 6,3—6,7. Gidrotermal kontaktmetasomatik konlarda mis va vismut minerallari bilan birga hosil bo’ladi. Vittixenit O’zbekistonda Qurama (Qalmoqkir, Oqtosh, Adrasmon, Mazbuloq) va boshqa volfram-molibden konlari (ingichka, Yaxton, Choshtepa) da uchraydi. Vittixenit Germaniyada (Vittixen), AQShda (Byut) va boshqa joylarda ma’lum. Mis, vismut olinadigan ruda.